Qaror bilan oşirilgan tölov stavkalari böyiça beriladigan I, IA, IE, IAE, III, IIIA, IIIE, IIIAE tipidagi avtotransport vositalari uçun röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarining röyxati yangilandi.

2023 yil 1 iyuldan auksion savdolari orqali sotilişi belgilanmagan, harflari bir xil kombinatsiyada bölgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boşlanğiç narxda auksion savdolariga qöyiladi.

Avtomobil boşqa şaxsga ötkazilganda uning oşirilgan stavkada olingan “çiroyli raqami” yöl harakati xavfsizligi organlarida 12 oyga saqlanişi mumkin. Undan keyin yana 12 oyga saqlaş uçun BHMning 1 baravari (330 ming söm) miqdorida pul tölanadi. Ilgari qöşimça 12 oy saqlaş tartibi bölmagan, 12 oydan keyin “çiroyli raqam” olib qöyilgan.

Auksionda raqobat tartiboti amalga oşmadi deb e’tirof etilganda (ikkinçi ğolib rad etgan yoki xaridorlar mavjud bölmaganda), axborot tizimida avtotransport vositalari uçun RÖDRBni oşirilgan tölov stavkasi böyiça beriş 5 kun muddat içida avtomatik ravişda qaytadan e’lon qilinadi. Ilgari aniq muddat belgilanmagan.