Soliq qömitasi xabariga köra, 2023 yil 1 iyun holatiga xöjalik yurituvçi sub’yektlarning taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorligi uçun qöllangan jarimalar summasi hisobdan çiqariladi, uşbu jarimalarni undiriş bilan boğliq sud va ijro işlari tugatiladi.
Taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlikning vujudga keliş muddati 2023 yil 1 iyundan boşlab yangidan hisoblanadi.
Prezident qarori qabul qilinişi natijasida 1631 ta sub’yektga 2,5 trln söm miqdorida jarima qöllaş yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar körib çiqilişi töxtatiladi.
4170 ta sub’yektga 5,5 trln söm miqdorida jarima qöllaş yuzasidan körilayotgan çoralar töxtatildi.











