Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning Kagava prefekturasi O‘zbekistondan ishchi kuchi yollamoqchi
Yaponiyaning Kagava prefekturasi va Sirdaryo viloyati o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi
Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov boshchiligida diplomatik missiya delegatsiyasi Yaponiyaning Kagava prefekturasiga ishchi tashrifi doirasida prefektura gubernatori Toyoxito Ikeda bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hududlararo munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Yaponiya hududlari o‘rtasida ko‘plab samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, Toshkent-Nagoya, Samarkand-Nara, Rishton-Maydzuru shaharlari o‘rtadagi birodarlik aloqalari qayd etildi.
O‘zbekiston vakillari Kagava prefekturasi va Sirdaryo viloyati o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirishdi.
Prefektura gubernatori Toyoxito Ikeda O‘zbekiston, xususan Sirdaryo viloyati bilan hududlararo aloqalar o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Gubernator hozirgi kunda Kagava prefekturasi sanoati uchun injyener mutaxassislari yetishmayotganini ta’kidlab, O‘zbekistondan ishchi kuchini yollashga qiziqishi borligini ma’lum qildi.
Uchrashuvda universitetlar va maktab ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Kagava prefekturasidagi ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik o‘quvchi va talabalar uchun qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish, Yaponiya yuqori maktabi o‘quvchilarining xorijiy ilmiy safarlarini O‘zbekistonda o‘tkazish kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tashrif doirasida elchixona vakillari Yaponiyaning OISCA tashkilotining Shikoku bo‘linmasi qoshidagi o‘quv markazida bo‘lib, markaz direktori Ishimi Yasuo, OISCA ijrochi direktori Ishii Yoshio hamda amaliyotchilar bilan uchrashdi.
Mavzuga oid
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
20:21 / 27.11.2025
Ish samaradorligini pasaytiruvchi 5 omil
15:41 / 13.11.2025
Kulrang maosh: pullaringiz qay tarzda yo‘qolmoqda
10:18 / 03.11.2025