Mehnat qonunçiligiga köra, dam oliş kunlari yoki işlanmaydigan bayram kunlarida bajarilgan iş uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanişi lozim.

Taşkilotning içki hujjatlarida esa bunday kunlarda işlaganlik uçun ikki hissadan ham köproq miqdorda haq tölaş nazarda tutilişi mumkin.

Şu bilan birga, xodim dam oliş yoki işlanmaydigan bayram kunidagi mehnati uçun oşirilgan haq örniga boşqa dam oliş kuni berilişini tanlaş huquqiga ega.

Bunday holatda xodimga işlagan dam oliş yoki bayram kuni uçun bir hissa miqdorida haq tölanadi va uning xohişiga köra boşqa dam oliş kuni beriladi.

Qonunçilikda iş grafigiga muvofiq mehnat qiladigan xodimlar uçun ham alohida tartib belgilangan.

Xususan, xodim mehnat şartnomasi yoki iş jadvaliga muvofiq umumiy belgilangan dam oliş kunida - beş kunlik iş haftasida şanba yoki yakşanbada, olti kunlik iş haftasida esa yakşanbada işlasa, ammo dam oliş kuni unga boşqa kunda berilsa, uşbu iş uçun bir hissa miqdorida haq tölanadi.