Rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning 23 oktyabr kuni Toşkentdagi “Xalqlar döstligi” saroyida ötişi belgilangan konserti qoldirildi.

Özbekiston Madaniyat vazirligi xabariga köra, konsert dasturi “ayrim texnik sabablarga köra” qoldirilgan. Sotilgan çiptalarning puli qaytariladi.

Leps Rossiyaning Ukrainaga qarşi olib borayotgan uruşini faol qöllab-quvvatlayotgani sabab özbekistonliklar uning Özbekistonda konsert berişiga qarşilik bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda faol kampaniya olib borayotgan edi.

Bu xonandaning 8 iyulga Qozoğistonning Qonayev şahrida va 2 avgustga Qirğizistonning Çölpon-ota şahrida belgilangan konsertlari ham qozoq va qirğiz jamoatçiligining noroziligi sabab bekor qilingandi.

Iyun oyi örtalarida Grigoriy Leps boşqa bir xonanda Nikolay Baskov bilan Peterburg iqtisodiy forumida çiqiş qilib, Ukraina qöşinlariga Ğarb tomonidan yetkazib berilgan tanklarni yöq qilgan har bir rossiyalik askarga 1 mln rubldan mukofot va’da qilgan edi. 3 iyul kuni Leps Ukrainada Germaniyaning Leopard tankini yöq qilgan jangçilardan biriga xuddi şunça summani ötkazib berganini aytdi.

Eslatib ötamiz, özbekistonlik faollar avvalroq Toşkentdagi Yangi Özbekiston boğida bölişi rejalaştirilgan z-artistlarning “Jara” festivali ham bekor qilinişiga erişgandi. Bu konsert Toşkentdan taşqari Boku va Olmaota şaharlarida ham bekor bölgan.