Rossiyalik qöşiqçi Grigoriy Leps dron yordamida jang maydonida Leopard tankini işdan çiqargan rossiyalik harbiyga 1 million rubl mukofot puli töladi.
Xonandaning instagram sahifasida e’lon qilingan videoda yuzi niqob bilan tösilgan va çaqiruv belgisi «Venom» bölgan rus harbiysi banknotlar dastasini körsatib, mukofot puli olganini tasdiqlagan.

Lepsning özi esa video ostida «Men sözlarimga javob berdim», – deya izoh qoldirgan.
Ma’lumot uçun, şu yilning 14 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida rossiyalik bir guruh san’atkorlar mamlakat harbiylariga şaxsiy mablağlari hisobidan moliyaviy yordam beriş böyiça taşabbusni ilgari surgan edi. Unda jumladan, qöşiqçi Grigoriy Leps va Nikolay Baskov Ukraina qurolli kuçlari tankini işdan çiqargan har bir kişiga bir million rubl tölaşga va’da bergan. Taşabbusga şuningdek, teleboşlovçi Yuliya Baranovskaya va «Zemlyane» guruhi rahbari Vladimir Kiselev ham qöşilgan.
Rossiyalik san’atkorlarning uruş tarğiboti bilan faol şuğullanayotgani ularning Rossiyadan taşqarida rejalaştirgan köplab konsert dasturlari bekor qilinişiga ham sabab bölmoqda.
Jumladan, rossiyalik bir guruh Z-artistlar iştirokida şu yil 20-21 may kunlari Toşkentda ötkazilişi belgilangan «Jara» festivali özbekistonliklarning boykoti ortidan bekor qilingan edi. Bu festival bundan oldin Qozoğiston va Ozarboyjonda ham bekor bölgandi.
Şuningdek, Grigoriy Lepsning Qozoğistonda, Olmaota oblastidagi Qönayev şahrida 8 iyul kuni ötişi rejalaştirilgan konsert dasturi ham qozoq faollarining qarşiligi bilan bekor qilindi.
Grigoriy Leps şu yil 23 oktyabrda Özbekistonda konsert berişni rejalaştirgan. Uşbu tadbirga özbekistonlik köplab faollar qarşilik bildirayotganiga qaramay, hozirça tadbir bekor qilingani yöq.















