AQŞ prezidenti Jo Bayden Turkiyaga F-16 qiruvçi samolyotlarini sotişni kafolatlamoqçi. Bu haqda 11 iyul, seşanba kuni Vilnyusdagi matbuot anjumanida Amerika yetakçisining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Bayden Turkiya tomonidan qiruvçi samolyotlar olinişi ham AQŞ, ham NATOning manfaatlariga mos kelişiga işonçi komil. «U Kongress bilan maslahatlaşgan holda buni olğa siljitiş niyatida», - deya Sallivan sözlarini keltirgan dpa. 

Vilnyusdagi NATO sammiti oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida Bayden maslahatçisidan AQŞ tomonidan Turkiyaning F-16 parkini modernizatsiya qiliş Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Şvetsiyaning NATOga qöşilişi böyiça blokadasini olib taşlaşga yordam beradimi, deb söraldi. Ilgari AQŞ hukumati bunday aloqa mavjudligini inkor etgan, biroq Baydenning özi ikki marta uşbu masalalarni özaro boğliq deb atadi. Sallivanning sözlariga köra, AQŞ prezidenti heç qaçon taklif qilinayotgan sotuv böyiça şartlarni ilgari surmagan. 

Bitim amalga oşişi uçun AQŞ hukumati qurol savdosi haqida Kongressni rasman xabardor qilişi kerak. Qonun çiqaruvçilar bitimni bloklaş imkoniyatiga ega. Bir qator kongressmenlar Turkiya Şvetsiyaning NATOga kirişiga tösiq qöyişda davom etsa, qiruvçi samolyotlar sotilişiga yöl qöymasliklarini oçiq aytgan. Endi Erdöğan Stokholmning alyansga qöşilişi böyiça öz pozitsiyasidan voz keçgaç, tez orada qurol-yaroğ böyiça kelişuv amalga oşişi mumkin.