«Vest Hem» yarimhimoyaçisi Deklan Rays faoliyatini «Arsenal»da davom ettiradi.

London klubi rasmiy sayti xabariga köra, 24 yoşli angliyalik futbolçi «kanonirlar» bilan 2028 yilga qadar şartnoma imzolagan.

Insayder Fabritsio Romanoga köra, «Arsenal» Rays transferi uçun «Vest Hem»ga 100+5 million funt tölaydi. Şu tariqa, bu ötiş «Arsenal» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Rays esa eng qimmat ingliz futbolçisiga aylandi.

Futbolçi yangi klubida 41-raqam ostida töp suradi.

Ma’lumot uçun, Rays «Vest Hem» safida jami 245 ta öyinda, Angliya milliy jamoasi libosida esa 43 ta öyinda maydonga tuşgan.