Buyuk Britaniya qöşinlarni köpaytirişga emas, balki tanklarga sarmoya kiritişi kerak. Bu haqda Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Londonning Ukrainadagi uruş fonida öz qurolli kuçlari jangovar tayyorgarligini oşiriş böyiça yangi rejalarini e’lon qilinişidan oldin aytib ötdi. Uolles 18 iyul, seşanba kuni The Telegraph naşriga intervyu berdi.

Britaniya qurolli kuçlari modernizatsiya qilinadi va «özgaruvçan global vaziyat»ga moslaştiriladi, bundan taşqari, fan va texnologiyaga ustuvor sarmoya kiritilişi kutilmoqda, deb yozadi gazeta. 

Uolles avvalroq 2025 yilga borib töliq tayyorgarlikdan ötgan britaniyalik askarlar soni 73 mingga kamayişini, bu mamlakat tarixidagi eng past körsatkiç bölişini aytgan edi. Taqqoslaş uçun, bugungi kunda u 82 mingni taşkil etadi, deb yozadi The Telegraph. 

Öz lavozimini tark etişga hozirlanayotgan vazir sözlariga köra, Ukraina uruşidan asosiy xulosa şundaki, qurolli kuçlar «mukammal şakllangan» bölişi kerak. Buyuk Britaniya, Mudofaa vazirligi boşliğining sözlariga köra, «armiya asosiy qismi» bölgan tanklarga sarmoya kiritadi. Şu bilan birga, investitsiyalar maşinalarning yaxşi saqlanişi va ulardan samarali foydalanişning kafolati bölişi kerak, deya qöşimça qildi Ben Uolles. 

Uning sözlariga köra, «tösiqlarni yöq qiliş» va harbiylarning turli böğinlarini birlaştiriş orqali qurolli kuçlarga yaxlit yondaşuvni ilgari suriş taklif etilmoqda. Şu bilan birga, hukumat yondaşuvining uzoq muddatli amalga oşirilişini ta’minlaydigan «sanoat va boşqa taşkilotlar uçun poydevor qöyiş» ham zarur, deya qayd etadi naşr.