Tadbir «80 ming avtomobil. 80 ming karra işonç. Oilangiz uçun yaratilgan» şiori ostida taşkil etildi. Uşbu ğoya butun dastur mazmunini belgilab, avtomobil egalariga minnatdorlikni ifoda etdi. Unda har bir avtomobil ortida insonlar, ularning yaqinlari va birgalikdagi rejalari turgani aks etdi.

Taşrif BYD aksiyadorlari delegatsiyasini tantanali kutib oliş bilan boşlandi. Beni Motors jamoasi mehmonlarni milliy raqslar bilan qarşi olib, özbekona mehmondöstlik ruhidagi samimiy muhitni yaratdi. Şundan söng aksiyadorlar körgazma zaliga taklif qilindi. Ular avtomobil modellari bilan tanişib, ularni közdan keçirdi va dilerlik markazi vakillari bilan suhbatlaşdi.

Foto: Beni Motors

Marosimning eng muhim lahzasi BYD Chazor avtomobilining öz egasiga topşirilişi böldi. Avtomobil egasining oilasi bilan birga kelgani tadbirning asosiy ğoyasiga alohida mazmun bağişladi. Kalitlarni Beni Motors asosçisi Davlatbek P. Raximov şaxsan topşirdi. BYD Central Asia kompaniyasining Özbekistondagi savdo böyiça direktori Rokki Yang avtomobil egasini tabriklaş va unga esdalik sertifikatini topşiriş marosimida iştirok etdi. Beni Motors tijorat direktori Ilya Maslovsky ham mehmonlarni qutladi.

Foto: Beni Motors

Marosim davomida yana sakkizta avtomobil yangi egalariga topşirildi. BYD Chazor sohibiga ham, qolgan sakkiz nafar xaridorga ham esdalik sovğalari taqdim etildi. Bu kun yangi avtomobil egalari uçun BYD bilan boğliq yangi sahifaning boşlanişi böldi. Dilerlik markazi jamoasi esa xaridorlarga brendga bildirgan işonçi uçun şaxsan minnatdorlik izhor etiş imkoniga ega böldi.

Aksiyadorlar ham tantana sababçisi va uning oilasi quvonçiga şerik böldi. Ularning iştiroki erişilgan natijaning ahamiyatini taʼkidladi. Tadbirning Samarqandda ötkazilişi esa brendning Özbekistondagi rivojiga hududiy hamkorlar qöşayotgan hissani namoyon etdi.

Tadbir dasturida BYD Ti 7 taqdimoti ham bölib ötdi. Uşbu model avvalroq Tashkent City Park hududidagi BYD e-Mobility Festa festivalida namoyiş etilgan edi. Körgazma zalida namoyiş etilgan YANGWANG U9 superkari ham tadbirning diqqatga sazovor avtomobillaridan biri böldi. Bu model avtomobil ixlosmandlariga yaxşi taniş bölib, brend muxlislarining mehrini qozongan.