Nizomga muvofiq, körsatilgan obektlarda nazorat ölçovini ötkaziş uçun şaharsozlik sohasida sertifikatlangan mutaxassislarni jalb qilgan, arxitektura-şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş böyiça litsenziyaga ega bölgan va quriliş loyihalarini ekspertizadan ötkaziş uçun akkreditatsiya qilingan, şaharsozlik sohasida kamida uç yillik tajribaga ega bölgan yuridik şaxslar, tijorat banklari hamda boşqa vakolatli organlar jalb qilinadi.

Nazorat ölçovini ötkazuvçi taşkilotlar Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan tanlab olinadi.

Nazorat qiluvçi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan obektlarda nazorat ölçovini ötkaziş uçun Inspeksiyaga murojaat qilişlari  mumkin.

Nazorat ölçovini ötkaziş qiymati – quriliş obekti umumiy qiymatining 0,3 foizgaça.