AQŞ dollari dunyoda eng köp işlatiladigan va kuçli valutalardan biri sifatida körib kelinadi. Şu jihatdan, Forbes naşri boşqa valutalarning AQŞ dollariga nisbiy qiymatidan kelib çiqqan holda, nominal jihatdan dunyodagi eng zaif valutalar önligini e’lon qildi.

Xususan, Eron riali dunyodagi eng qadrsiz valuta deb topilgan. 1 AQŞ dollari – 42 273 Eron rialiga teng. Ikkinçi poğonada Vetnam dongi (1 dollar — 23 711 Vetnam dongi) joylaşgan bölsa, kuçli uçlikni Laos kipi (1 dollar — 19 072 Laos kipi) yakunlagan.

Mazkur reytingda özbek sömi yettinçi örinda (20 iyul holatiga köra, 1 dollar — 11 600 söm) qayd etilgan.

Dunyodagi eng qadrsiz top-10 valuta:

1. Eron riali (1 dollar — 42 273 Eron riali);

2. Vetnam dongi (1 dollar — 23 711 Vetnam dongi);

3. Laos kipi (1 dollar — 19 072 Laos kipi);

4. Serra-Leone leonesi (1 dollar — 17 665 leone);

5. Indoneziya rupiyasi (1 dollar — 14,993 rupiya);

6. Livan funti (1 dollar — 14,986 funt);

7. Özbek sömi (1 dollar — 11 600 söm);

8. Gvineya franki (1 dollar — 8,583 frank);

9. Paragvay guarani (1 dollar — 7249 guaran);

10. Uganda şillingi (1 dollar — 3669 şilling).

1 AQŞ dollari – 7 söm

Özbekiston mustaqillikka erişgaç, 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilgan milliy valuta – söm respublikaning barça hududlarida yagona tölov vositasi sifatida işlatilib kelinmoqda. Aytiş joizki, söm muomalaga kiritilgan kunda valuta birjasida 1 AQŞ dollarining qiymati roppa-rosa 7 sömga teng bölgan. Keyinçalik mamlakatdagi asosiy eksport tovarlari narxining jahon bozorida tuşib ketişi va içki bozorda valutaga nisbatan talabning oşişi fonida sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişi tezlaşib ketadi. Jumladan, 1 dollarning qiymati 1998 yilda 93,46 sömni, 2002 yilda 750,05 sömni, 2006 yilda esa 1 224,6 sömni taşkil etadi.