Championat.asia sayti xabariga köra, TsSKA «Paxtakor» futbolçisini transfer qilişga yaqin turibdi. 19 yoşli Fayzullayev Moskva klubi bilan 3+1 şaklida şartnoma imzolaydi. Qayd etilişiça, TsSKA Abbosbek Fayzullayev transferi uçun Toşkent klubi hisob raqamiga 500 ming yevro ötkazib berişi belgilangan. Futbolçining «şerlar» bilan kelişuvi 2025 yilga qadar imzolangan edi. 

Ma’lumot uçun, Abbosbek Fayzullayev mart oyida yoşlar örtasidagi Osiyo kubogi U20 turniri qahramonlaridan biriga aylanib, Özbekiston U20 jamoasi bilan qit’a çempionligini qölga kiritgandi. U Argentinada ötgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida 4 öyinda maydonga tuşib, bitta gol va assist muallifiga aylangandi. Şuningdek, u joriy mavsum Superligada 6 öyinda maydonga tuşib, 2ta golga mualliflik qilgan.

Avvalroq, Özbekiston U20 jamoasining yana bir a’zosi Abduqodir Husanov «Energetik-BGU» klubidan Fransiyaning «Lans» klubiga köçib ötgan edi.