Turkiyaning «Istanbul Boşoqşehir» futbol klubi Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Abbosbek Fayzullayev transferi uçun Moskvaning TsSKA klubi hisobiga pul ötkazdi. Bu haqda TsSKA klubining kommunikatsiyalar böyiça direktori Kirill Breydo ma’lum qildi.
Istanbul klubi iyulda Abbosbek Fayzullayev bilan beş yillik şartnoma imzolagandi. Jurnalist Usmon Altunterimning ma’lumot berişiça, transfer summasi 7 mln yevroni taşkil etgan.
Avvalroq Turkiya klubi Fayzullayev transferi uçun mablağ ötkazişda muammolar yuzaga kelgandi. «Istanbul Boşoqşehir» vakili muammo pul yetişmovçiligida emas, balki pul ötkazişda bölayotganini aytgandi.
«Abbos Fayzullayev transferi uçun şartnomada körsatilgan mablağ klubimiz hisobiga kelib tuşdi. Endi kelişuv töla amalga oşdi», — deyiş mumkin dedi Breydo.
Ma’lumot uçun, Abbosbek Fayzullayev katta futboldagi faoliyatini 2021 yilda Toşkentning «Paxtakor» klubida boşlagan. 2023 yilda Moskvaning TsSKA klubi uni 500 ming yevroga transfer qilgandi. Futbolçi Moskva klubida ikki mavsum davomida barça turnirlar doirasida 72 uçraşuvda iştirok etib, 8 gol urdi va 11 golga uzatma berdi. U yakunlangan mavsumda moskvaliklar jamoasi bilan Rossiya Kubogi va Superkubogini qölga kiritgandi.












