Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi davomida bir qator taşkiliy masalalarni körib çiqdi.
Jumladan, Ikramov Azizbek Isroiloviç Farğona viloyati IIB boşliği lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar içki işlar vaziri örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Aziz Ikromov 1978 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1996-2000 yillarda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yonğin xavfsizligi oliy texnika bilim yurtida ta’lim olgan. 2000-2017 yillarda Içki işlar vazirligining yonğin xavfsizligi boş boşqarmasida turli lavozimlarda – boş mutaxassisdan boş boşqarma boşliği örinbosarigaça işlagan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar, 2019 yilning noyabr oyidan buyon içki işlar vaziri örinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va kadrlar bilan ta’minlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan. U bir muddat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining örinbosari (2020-2021), şuningdek, içki işlar vazirining jamoat tartibini muhofaza qiliş böyiça örinbosari (2019-2021), Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan (2017-2019).
Avvalroq, Mirziyoyev Farğonada jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş masalasiga alohida töxtalib, bu boradagi işlar ahvoli qoniqarsizligini tanqid qilib, viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği Muhiddin Jörayevni lavozimidan ozod etgan edi.








