Tadbirda ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya  hamkorligini kengaytiriş, özaro tovar aylanmasi va eksport hajmini oşiriş, tadbirkorlar iştirokida biznes forumlar, uçraşuvlar ötkaziş, Port Said şahridagi erkin iqtisodiy zonalarda özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning sanoat kooperatsiyasi va distributsiya markazini tuziş, omborxonalarni ijaraga oliş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

MIU joriy yil avgust oyida Qohirada Özbekiston - Misr tadbirkorlari biznes forumini ötkazişni rejalaştirgan. Sentabr oyida esa mamlakat SSP delegatsiyasining safari kutilyapti, uning doirasida Port Said EIZda Özbekiston sanoat kooperatsiyasi va distributsiya markazini tuziş imkoniyatlari örganib çiqiladi.

Tadbir qatnaşçilari özaro hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytiriş, ikki davlat işbilarmonlari safarlari uyuştirilişini jadallaştiriş, biznes forumlari, taqdimotlar, körgazmalar, V2V va V2G şakldagi uçraşuvlarni ötkazişga kelişib oldi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr işbilarmonlar uyuşmasi örtasida Işbilarmonlik kengaşini tuziş haqidagi hujjat onlayn tarzda imzolandi.