2026-yil 1-noyabrdan boşlab Özbekiston fuqarolarining Misrga kirişi böyiça yangi tartib amal qiladi. Bu haqda Özbekistonning Qohiradagi elçixonasi maʼlum qildi.

Viza oldindan olinadi

Özbekiston fuqarolari Misrga safardan oldin kiriş vizasini Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali rasmiylaştirişi kerak böladi.

Turistik safarlar

Turistik safarlar vakolatli turoperatorlar orqali taşkil etiladi.

40 yoşgaça bölgan sayyohlar

40 yoşgaça bölgan fuqarolar Misrga faqat yaqin oila aʼzolari - ota-onasi, turmuş örtoği yoki farzandlari hamrohligida borişi mumkin. Bunda oila tasarrufida safar davomida kamida 5000 AQŞ dollari naqd mablağ bölişi talab etiladi.

40 yoşdan oşganlar

40 yoşdan yuqori mustaqil sayohat qiluvçilar kamida 3000 AQŞ dollari naqd mablağga ega bölişi lozim.

Misrga kirişda talab qilinadigan hujjatlar:

  • mehmonxona band qilinganini tasdiqlovçi hujjat;

  • mobil aloqa maʼlumotlari;

  • yetarli moliyaviy taʼminot tasdiği.

Turistik vizani özgartiriş mumkin emas

Misrda böliş davomida turistik vizani boşqa turdagi vizaga almaştiriş böyiça murojaatlar qabul qilinmaydi.

Talablarga rioya qilinmasa, sayyoh Misrga kiritilmasligi va uni olib kelgan aviakompaniya orqali qaytarilişi mumkin.

Elçixona fuqarolardan Misrga safarlarni rejalaştirişda uşbu talablarni inobatga olişni söradi.