Bugun, 3 avgust kuni Oliy sudning Fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atida şikoyati körilişi kerak bölgan namanganlik 66 yaşar erkak sud boşlanişini kutib, kutiş zalida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz'ga voqeadan xabardor şaxs xabar berdi.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz söroviga javoban hodisa yuzasidan qöşimça tafsilotlarni ma’lum qildi. Qayd etilişiça, 1957 yilda tuğilgan fuqaro M. A. Oliy sudning Fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida 3 avgust soat 9. 15 ga tayinlangan sud majlisiga da’vogar sifatida kelgan.

“Sud majlisi öz vaqtida boşlangan bölib, sud majlisi kotibi taraflarni sud zaliga taklif etiş uçun kutiş xonasiga çiqqanida M. A. behuş holda yotganini körgan. Şu zahoti barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilib, şoşilinç tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M. A. hayotdan köz yumganligi aniqlangan.

Tibbiyot xodimlari bergan birlamçi xulosaga asosan fuqaro M. A.ning ölimiga ötkir yurak yetişmovçiligi sabab bölgan”, deydi Aziz Obidov.

Avvalroq Nukus voqealari böyiça sudlangan Qoraqalpoğiston IIV Jinoyat qidiruv boşqarmasi bölimining sobiq boşliği Pölat Şamşetov 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganidan köp ötmay vafot etgan, u yurak xurujidan qazo qilgan bölişi mumkinligi taxmin qilingandi.