“Özavtosanoat-Leasing” haqida ikki oğiz

“Özavtosanoat-Leasing” MÇJ 2006 yil 14 iyundagi prezident farmoniga binoan ta’sis etilgan. Dastlab “Özavtosanoat” AJ (80,4%) va ATB “Asakabank” (19,6%) hammuassislari bölgan.

Ayni paytda uning 100% uluşi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent şahar hududiy boşqarmasi ixtiyorida.

“Özavtosanoat-Leasing” MÇJ haqidagi ma’lumotlar Skrinşot: Stat.uz

Kompaniya bilan boğliq bir jinoyat tarixi

Kompaniyaning lizing loyihalari sotuvi bölimi menejyeri N.N. dilerlik xizmatini körsatuvçi “International Consalting Machinery” MÇJ rahbari E.A. bilan jinoiy til biriktirgan holda kompaniya mijoziga 16 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazadi.

Voqeaning qisqaça tafsiloti quyidagiça. “Özavtosanoat-Leasing” MÇJ lizing loyihalari sotuvi bölimi menejyeri N.N. “International Consalting Machinery” MÇJ rahbari E.A. bilan jinoiy til biriktirgan holda tadbirkor O.Nurmatov egalik qiladigan korxona (“Diamond Star Trans” MÇJ) bilan şartnomada kelişilgan, gazda harakatlanuvçi, konteyner taşişga möljallangan yuk maşinalari örniga Xitoyda işlab çiqarilgan, davlat standartlari talablariga javob bermaydigan “SAMS” rusumli texnikalarni olib kelib, texnik parametrlarini notöğri körsatgan holda topşirgan.

Buning natijasida O.Nurmatovga tegişli bu korxona lizingga olgan nostandart texnikalarni işlata olmasdan, kompaniyaga qaytarib bergan. Yuk maşinalari Davlat standartlari agentligi xulosasiga köra nostandart deb topilgan.

Bu holat tadbirkorning arizalaridan keyin tergov yöli bilan tekşirilgan va yakunda iş sudga oşirilgan. Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining 2022 yil 18 oktyabrdagi hukmi bilan N.N. va E.A.lar Jinoyat kodeksining 28,170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan.

“Özavtosanoat-Leasing” MÇJ xodimi N.N. 1 yil davlat va davlat iştirokidagi korxonalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilinib, 2 yil-u 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan.

Şuningdek, N.N.ga ozodlikni çeklaş jazosini soat 22:00 dan 07:00 gaça sud hukmida körsatilgan manzilda ötiş, nazorat qiluvçi organning ruxsatisiz yaşaş joyini özgartirmaslik, Toşkent şahar va Toşkent viloyati hududidan taşqariga çiqmaslik, spirtli içimlik içmaslik, ommaviy va boşqa tadbirlar ötkaziş joylarida bölmaslik kabi qöşimça çeklovlar yuklatilgan.