Danilovning sözlari Ğarbda Ukraina qurolli kuçlarining frontdagi harakatlaridan norozilik kuçayib borayotgan bir paytda yangradi. Uzoq kutilgan qarşi hujum kutilmalarni oqlayotgani yöq, biroq Ğarb OAVda qayd etilişiça, bunga bir qator obektiv sabablar bor. Bu sabablarni harbiy ekspertlar tobora faol muhokama qilişmoqda, öz sirtqi muloqotlarida ular ukrainaliklarning qarşi hujum operatsiyalarini tanqid ostiga ham olişmoqda, ba’zida esa frontdagi murakkabliklar e’tiboridan, oqlab ham qöyişmoqda.

Quyida Ğarb matbuoti şarhida tahlilçilar Ukraina qurolli kuçlarining qanday muammolarga duçor bölayotgani haqida söz yuritayotgani, frontning old çiziğidagi sönggi voqealar nega Ikkinçi jahon uruşida ittifoqçilarning Normandiyaga tuşirilişiga mengzalayotgani haqida hikoya qilamiz.

Ukraina frontidagi umumiy vaziyat

«Bizga özimizdan bölak heç kim dedlayn örnata olmaydi, bu — birinçidan. Ikkinçidan, heç qanaqa grafik yöq. Uçinçidan, bunaqa gap-sözlar boşlansa, buni köpinça uruş nimaligini tuşunmaydigan odamlar boşlagan böladi… Frontda bölayotgan voqealarga nisbatan vaziyat qizitib yuborilgan paytlar ham bölmoqda», — degan Oleksiy Denilov «1+1» telekanali efirida.

Unga köra, harbiy harakatlar murakkab va juda köp omillarga boğliq.

«Biz allaqaçon NATO tizimidamiz va u bilan iş köryapmiz, komandir u yoki bu yönalişda oldinga qöyilgan umumiy vazifaga binoan qanday harakat qilişni hal qiladi», — degan Danilov.

Amaldorning baholaşiça, joriy şaroitlarda ukrainalik harbiylar jangovar vazifalarni «a’lo»ga bajarmoqda, ayniqsa «duşman yaxşi tayyorgarlik körgani, ulkan maydonlarni minalaştirgani» hisobga olinsa.

«Harbiylarimiz ortda qoldirib ötişi lozim bölgan hududdagi minalar soni aql bovar qilmas darajada köp. Bir kvadrat metrga örtaça uç-tört-beştadan mina töğri kelmoqda», — degan Danilov.

Uning qöşimça qilişiça, hududlarni minalardan tozalaş Ğarbdan jönatiladigan texnikalar vositasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan bölgan, biroq frontning juda katta hududida ukrainaliklar portlovçi moddalarni qölda zararsizlantirişiga töğri kelmoqda.

Ukrain armiyasining qarşi hujumi iyun oyida Janubiy Donetsk fronti uçastkalarida boşlandi. Ukraina qurolli kuçlari törtta asosiy yönalişni belgilab olişgan. Bu Zaporijjya oblastidagi Orixiv şahri hududi (Tokmak şahri orqali Melitopol şahriga çiqiş), Zaporijjya va Donsek oblastlari çegarasidagi Velika Novosilka rayoni, şuningdek, Donetsk oblastidagi Maryinka va Baxmut yönalişlari.