Davlat aktivlarini boşqariş agentligi davlat iştirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi.

Qayd etilişiça, davlat iştirokidagi korxonalar soni 2023 yil 1 yanvar holatiga 2340 tani taşkil etib, şundan 224 tasi aksiyadorlik jamiyatlari, 1219 tasi mas’uliyati çeklangan jamiyat va 897 tasi davlat unitar korxonalari hisoblanadi.

2022 yilda 1206ta korxona 41 trln 52,5 mlrd söm daromad olgan. Şundan eng köp sof foyda körgan 30 ta davlat kompaniyalari:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ – 15,4 trln söm;

2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – 6,67 trln söm;

3. “Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ – 2,4 trln söm;

4. “Navoiyuran” DK – 2 trln söm;

5. “Navoiyazot” AJ – 1,33 trln söm;

6. “Özbekiston metallurgiya kombinati” AJ– 1,16 trln söm;

7. “Ipotekabank” ATIB – 1,16 trln söm;

8. “Özbekneftgaz” AJ – 1,1 trln söm;

9. “UZBAT” AJ – 988 mlrd söm;

10. “Özavtosanoat” AJ – 871 mlrd söm;

11. “Agrobank” AJ – 609 mlrd söm;

12. “Trastbank” AJ – 605 mlrd söm;

13. “Özsanoatqurilişbank” AJ – 589 mlrd söm;

14. “Ipak yöli” ATIB  – 470 mlrd söm;

15. “Qişloqqurilişbank” AJ – 437 mlrd söm;

16. “Özkimyosanoat” AJ – 434 mlrd söm;

17. “Uzbekistan airports” AJ – 385 mlrd söm;

18. “Uzbekistan airways” AJ – 54 mlrd söm;

19. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ– 243 mlrd söm;

20. “Farğonaazot” AJ– 234 mlrd söm;