Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.
Qömita maʼlumotlariga köra, mamlakatda faoliyat yuritayotgan korxona va taşkilotlar soni 600 minglik körsatkiçdan oşgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça eng köp korxona va taşkilot savdo sohasi hissasiga töğri kelmoqda. Ularning soni 164 481 tani taşkil etgan.
Qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligida 131 925 ta korxona va taşkilot faoliyat yuritmoqda.
Sanoat sohasida faoliyat körsatayotgan korxonalar soni 63 861 tani taşkil etgan.
Yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasida 33 966 ta, qurilişda esa 33 163 ta korxona va taşkilot faoliyat olib bormoqda.
Şuningdek, taşiş va saqlaş sohasida 18 894 ta, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatişda 15 341 ta, axborot va aloqa sohasida 13 705 ta korxona va taşkilot faoliyat yuritmoqda.
Boşqa iqtisodiy faoliyat turlaridagi korxona va taşkilotlar soni 125 940 tani taşkil etgan.
Taqqoslaş uçun, Milliy statistika qömitasining 1-iyul holatiga maʼlumotida mamlakatda 596,9 mingta korxona va taşkilot faoliyat yuritayotgani qayd etilgan edi. Öşa paytda ham savdo sohasi 162 867 ta korxona bilan birinçi örinni egallagan.

















