Mobil qurilmalar yetkazib beruvçilarning global assotsiatsiyasi (GSA,) sönggi hisobotiga köra, dunyoda 293 ta uyali aloqa operatori VoLTEʼga sarmoya kiritmoqda va 238 tasi uşbu xizmatni işga tuşirgan. Mobiuz mobil aloqa operatori Özbekistonda 4G LTE tarmoqlarida VoLTEʼni joriy qilgan yagona operatordir.
VoLTE bu — operatorlar tomonidan qönğiroqlar va abonentlar ovozlarini uzatiş usuli. Buning uçun törtinçi avlod tarmoqlari imkoniyatlaridan foydalaniladi. Ya’ni qönğiroqlarni amalga oşirişda telefon oddiy holatda bölgani kabi 3G/2Ğga ötmaydi, balki 4G LTEʼda işlaydi.
Bu abonentlarga bir qança imtiyoz beradi.
Birinçidan, VoLTEʼdan foydalanganda ovoz sifati yaxşilanadi, çunki u yuqori tiniqlikdagi ovoz uzatişni qöllab-quvvatlaydi. Telefon orqali suhbat qurayotgan insonlar özlarini xuddi yuzma-yuz gaplaşayotgandek his qiladi. Bunga atrofdagi şovqinni kamaytiriş va tovuş sifatini yaxşilaş orqali erişiladi.
Mobiuz özining Telegram-kanalida oddiy qönğiroq va VoLTE orqali qönğiroq qiliş örtasidagi farqni namoyiş qildi.
Ikkinçidan, VoLTE orqali qönğiroq qilganda deyarli bir zumda signal ketadi. Abonent raqamini tergandan bir neça soniya ötgaç qönğiroq gudoklarini eşitiş mumkin. Agar xizmat öçirilgan bölsa, smartfon avval 3G/2G tarmoqlariga ötadi, söngra qönğiroqqa işlov beradi. Bu ulaniş vaqtini uzaytiradi hamda smartfon batareya sarfiga ta’sir qilişi mumkin.
Kompaniya uşbu afzallikni maxsus videoreportajda körsatib bergan.
Uçinçidan, qönğiroq paytida 4G LTE mobil internetidan foydalaniş mumkin.
Xizmat Özbekiston böylab işga tuşirilişi munosabati bilan Mobiuz VoLTEʼga ulaniş şartlarini sezilarli darajada soddalaştirdi. Buning uçun kompaniya abonenti böliş, 4G LTE qöllab-quvvatlovçi smartfonga ega böliş va Mobiuz mobil ilovasida xizmatni faollaştiriş kifoya. Bir qator smartfonlarda xizmat qurilma sozlamalaridan ham yoqilişi kerak.
VoLTEʼdan foydalaniş bepul. U Mobiuz korporativ mijozlari uçun ham amal qilmoqda.
Mobiuz maxsus Telegram-hamjamiyatida VoLTE va boşqa mobil xizmatlarga oid barça savollarga javob beradi.











