An’anaga köra, 1 sentabr kuni barça maktab va OTM öquvçilari ta’tildan qaytib, öquv jarayoniga kirişişadi. Heç kimga sir emaski, noutbuk har qanday maşğulotning tengi yöq hamkori hisoblanadi, çunki darslar va imtihonlarga tayyorgarlik köriş uçun foydali ma’lumotlarning aksariyati internetda bölib, kompyuter esa - uni topiş va töplaş uçun ideal qurilmadir.
Noutbukning foydali dasturiy ta’minoti - taqdimotlarni yaratişdan videolarni tahrirlaşgaça bölgan ijodkorlik uçun zarur vositalar haqida ham unutmaslik kerak. Multimediya yondaşuvi bugungi kunda juda muhim, ammo barça kerakli dasturlar barqaror va zöriqişsiz işlaşi kerak. Şuning uçun yangi öquv yiliga töliq qurollangan holda kirişiş va yangi iş maşinasini oldindan tanlaş kerak.
Qanday noutbuk kerak böladi
Avvalo, nima uçun statsionar kompyuter emas, balki noutbuk? Ha, quvvatlari teng bölişi mumkin, ammo ajoyib ixçamlik va bir quvvatlaşda işlaş qobiliyati noutbukni özingiz bilan olib ketişga va istalgan joyda öz işingiz bilan şuğullanişga imkon beradi. Şuni unutmaslik kerakki, kompyuter şunçaki tizimli blokdir va töliq öquv jarayoni uçun monitor, klaviatura, siçqonça, veb-kamera va mikrofon kerak böladi. Noutbuk ixçamlik nuqtai nazaridan olgandayoq ğalaba qozonadi, çunki u korpus içida barça qöşimça qurilmalarni olib yuradi, bu masofadan işlaş vaqtida juda qöl keladi.
Albatta, texnologik tarkib ham muhim va hozirgi vaqtda yaxşi videokartasiz ham qiyin böladi. Işlaş grafikasi nafaqat öyinlar uçun (çunki öyinli tanaffuslarsiz qanday öqiş böladi), balki barça noutbuk tizimlarini optimallaştiriş uçun ham foydalidir. Bu ham foydali Max-Q texnologiyalari töplami va ham sun’iy intellektga asoslangan boşqa imkoniyatlardir. Masalan, NVIDIA Broadcast eng maşhur videoqönğiroqlar va konferensiya ilovalarida bitta tugmani bosiş orqali begona şovqinlardan xalos bölişga yoki mos virtual fonni örnatişga yordam beradi.

Quyida taklif etiladigan modellar asosida GeForce RTX 4050 noutbuk videokartasi yotadi. Uning çipida 2560 CUDA yadro, 6 Gb lik GDDR6 xotira va 96 razryadli şina mavjud. Videokarta seriyadagi eng yoş model bölişiga qaramay, u nafaqat quvvat çegarasi 140 Vt gaça bölgan mobil GeForce RTX 3060 bilan muvaffaqiyatli raqobatlaşadi va 85 Vt rejimidagi mobil GeForce RTX 3050 Ti'ni 70-80% ortda qoldiradi, hatto RTX 3080 Ti bilan ham raqobatlaşa oladi. Bu yana bir bor şuni körsatadiki, 2023 yilda öyin videokartalariga asoslangan noutbuklar iş samaradorligini sezilarli darajada yaxşilaydi va aslida öqiş, işlaş, ijodkorlik va öyin uçun universal qurilmalar hisoblanadi. Keling, ularning eng yaxşi tomonlariga e’tibor berib, aniq modellarini körib çiqamiz.











