Argentinalik futbolçining sovrinlar kolleksiyasi Ligalar kubogi bilan töldirildi, sardorning özi turnirda önta gol urdi.

Ligalar kubogi. Final. 
20 avgust. Neşvill.
Neşvill – Inter Mayami – 1:1
Penaltilar seriyasi: 9:10
Gollar: Fafo Piko 57 – Lionel Messi 23.

Turnir finaliga «Monterrey» klubi çiqa olmagani biroz afsuslanarli. Meksikaning eng boy jamoasi, KONKAKAF Çempionlar ligasining beş katta ğolibi, klublar örtasidagi jahon çempionatining ikki karra bronza medali sohibi. Umuman olganda, gap jamoaning maqomida ham emas, Ligalar kubogi böyiça umumiy tasavvur haqida. Bu aslida xalqaro turnir, finalgaça yölda esa «Inter Mayami» faqat guruh bosqiçining birinçi turida «Krus Asul» (Meksika) bilan töqnaşdi. Şundan keyin — faqat MLS jamoalari bilan öynaldi, bu esa qandaydir içki musobaqa kayfiyatini berdi.

Boşqa tomondan, bu bir neça yil oldin (2018 yil) vujudga kelgan va şu vaqtgaça biror yutuqqa erişmagan «qarqaralar» jamoasining ilk sovrini ahamiyatini yöqqa çiqara olmaydi. Final arafasida Messi bu sovrin qölga kiritilişi klub va muxlislar uçun aql bovar qilmas voqea bölişi haqida aytganida, aşaddiy skeptiklar ham bu gaplardan ayb topa olmasdi. Albatta, bundaylar topilişi ham mumkin, ammo bu argentinalikning dahosini bekor qila olmaydi.

Keldi, kördi va ğalaba qozondi — bu örinda xayolga keladigan eng oddiy va aniq ifodalovçi sözlar. Ammo liga Messi bilan şartnoma imzolanganidan keyingi effektni avval heç qaçon körmagandi, holbuki yaqin ötmişda bu ligada katta nomlar kam bölmagandi. Devid Bekhem, Zlatan Ibrahimoviç, Tiyerri Anri, David Vilya, Anrea Pirlo, Haviyer Ernandes... Ötgan mavsumda esa Higuain va Matyuidi «Inter» safida öynaşgandi.

Leoning özi esa odatiga köra kamtarlik qilib, jamoa öyinidagi ösiş Xerardo Martinoning xizmatlari va futbolçilar har kuni maşğulotlarda işlayotgani tufayli ekanini aytadi. Va sardorning bu sözlarida jon bor, çunki uning yonida deyarli barça porlay boşladi. Xosef Martines yana avvalgidek vahimali töpurarga öxşay boşladi, u oğir jarohat olişidan oldin «Atlanta Yunayted»ning çempionlik tarkibida liga klublariga dahşat solgandi. «Qarqaralar» jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvçisi, argentinalik Kremaski 18 yoşida liganing yangi porlayotgan yulduziga aylandi, finlandiyalik Teylor şunçalik kuçli öynab yubordiki, uning faoliyatida hali bunaqa davr bölmagandi.