«Özbekiston temir yöllari» AJ mamlakatning eng yirik iş beruvçisi hisoblanadi. Uning tarkibida 77 mingdan ortiq işçi mehnat qiladi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi ma’lumot (.pdf) berdi.
Qayd qiliş joiz, «Özbekiston temir yöllari» xodimlar soni böyiça ikkinçi örinda borayotgan «Navoiy toğ-metallurgiya kombinati»dan (46 mingdan ortiq işçi) qariyb 2 barobar ustunlikka ega. «Özbekneftegaz» tizimida 34 mingdan ortiq işçi mehnat qiladi – bu uçinçi körsatkiç.
Özbekistonda 2023 yil 1-yarimyillikdagi eng yirik iş beruvçi 5 ta korxona (işçilar soni):
«Özbekiston temir yöllari» - 77091;
«Navoiy toğ-metallurgiya kombinati» - 46654;
«Özbekneftegaz» - 34491;
«Olmaliq toğ-metallurgiya kombinati» - 33837;
«Özavtosanoat» - 30260.
Şuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» (25841), «Özkimyosanoat» (22720), «Özbektelekom» (17017), «Hududgazta’minot» (16386), «Özmetkombinat» (11548) korxonalari yuqori öntalikdan joy olgan.












