«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Hujjat matni Prezident matbuot xizmatida e’lon qilindi.
«Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin», deyiladi hujjat matnida.
«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan
- A’zamov Abdulla - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri
- G‘ulomov Qodir G‘afurovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi
- Zohidov Anvar Abdulahadovich - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Dallas shahridagi Texas universiteti professori
«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan
- Urolov Erkin Yunusovich - Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Qashqadaryo viloyati
«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan
- Mamajonov Anvar Olimjonovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom
- Mansurov Imyar Idrisovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom
«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan
- Jumayev Baxshillo Shirinovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, zardo‘z-usta, Buxoro viloyati
«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan
- Sherov Abdulla - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir















