XXR raisi Si Jinping sentabr oyi boşida Hindistonda bölib ötadigan «Katta yigirmatalik» (G20) sammitida iştirok etmaydi. Bu haqda Reuters Xitoy va Hindistondagi sammitga tayyorgarlik jarayoni borişidan xabardor bölgan manbalariga tayanib xabar bergan.

Agentlik suhbatdoşlariga köra, Si Jinpingning örniga Xitoy delegatsiyasiga boş vazir Li Syan rahbarlik qiladi.

Si Jinping sammitga kelmasligi sabablari hozirça noma’lum.

Avvalroq Kreml matbuot xizmati RF prezidenti Vladimir Putin ham Hindistondagi G20 sammitiga bormasligini ma’lum qilgandi. Rossiya delegatsiyasiga RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov rahbarlik qiladi.

Putin oktyabr oyida «Bir makon, bir yöl» forumida iştirok etiş uçun Xitoyga taşrif buyurişi mumkin. Agar bu safar amalga oşsa, bu Putinning Xalqaro jinoyat sudi uni hibsga olişga order berganidan keyingi ilk xorijiy safari böladi.

Avgust oyida Si Jinping JARdagi BRICS sammitida qatnaşgandi. Putin esa sammitda videoaloqa orqali iştirok etdi. JAR hukumati agar Putin mamlakatga kelsa, u hibsga olinişi mumkinligidan ogohlantirgandi.