Rublning yozgi qulaşi Rossiyaga qöşni davlatlar iqtisodiyotiga ham ta’sir qildi. Misol uçun, 2016 yildan beri eng yuqori körsatkiçga çiqqan tanga avgust oyi örtalarida, rubldan keyin keskin pasayişni boşladi. Va hatto 15 avgust kuni Rossiya banki asosiy stavkani keskin oşirganidan keyin rubl öz qulaşini biroz sekinlaştirganda ham, tanga yana bir neça kun qadrsizlanişda davom etdi. Qozoğiston Milliy banki milliy valutaning qadrsizlanişini «rublning zaiflaşişiga reaksiya» deya izohladi. «Meduza» naşri rubl kursi haqiqatan ham MDH mamlakatlari valutalarini öz bilan birga jarga tortişi va bu nima uçun mehnat migrantlarining Rossiyadan çiqib ketişiga olib kelişi mumkinligini örgangan.

Umuman olganda, qanday omillar MDH mamlakatlari valuta kurslariga ta’sir qiladi?

MDH mamlakatlari iqtisodiyotlari ança öxşaş, ammo baribir bir-biridan farq qiladi. «Bu xuddi şokolad qutisiga öxşaydi: barça ta’mlar har xil, ammo ularni nimadir birlaştiradi», deydi yirik moliyaviy kompaniya iqtisodçisi.

  • «Ayrim davlatlarda, masalan, Ozarboyjon va Turkmanistonda milliy valuta kursi tartibga solinadi. Bu ozarboyjon manati yoki turkman manatining almaşinuv kurslari Markaziy banklar tomonidan qattiq belgilab qöyilgani va amalda deyarli özgarmasligini anglatadi», deydi Freedom Finance Global tahlilçilari naşrga bergan şarhida.
  • Boşqa mamlakatlarda, xususan, Özbekiston va Tojikistonda davlat valuta kursini qisman tartibga soladi.
  • Armaniston va Qozoğistonda valuta kursi Rossiyadagi kabi erkin qöyiladi (özgaruvçan). Ya’ni milliy valutalar qiymati birinçi navbatda valuta bozoridagi talab va taklif bilan belgilanadi. Kursga bozor omillari ta’sir körsatadi: masalan, tanga kursi neft narxi özgarişiga boğliq.

Rublning qöşni mamlakatlar valutalari bilan qanday boğliqligi bor?

Rossiya mintaqadagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri hamda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va MDHning köplab davlatlari uçun asosiy savdo şerigi hisoblanadi. Bundan taşqari, rubl YeOII davlatlari örtasidagi savdoda dominant valuta. YeOII doirasidagi xalqaro hisob-kitoblarning aksariyati rus valutasida amalga oşirildi: rublning eksport va importdagi uluşi 70 foizdan yuqori. Bu, xususan, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston va boşqa mamlakatlar kompaniyalari Rossiya bilan savdo qiliş uçun rubl sotib olişini anglatadi.