Avtomobilning narxi 24 ming dollardan boşlanadi.

BYD Seal DM-i gibrid sedani rasman 6 sentabrdan Xitoy bozorida sotuvga çiqadi. Örta hajmli yangi avlod gibrid sedani komplektatsiyasiga qarab 24 mingdan 34 ming dollargaça baholanmoqda.

Avtomobil 6 ta komplektatsiyada xaridorlarga taklif etiladi. 5 ta komplektatsiyada 121 km masofani faqat elektrda bosib ötiş mumkin. Top versiyada bu körsatkiç 200 kilometrni taşkil qiladi. Avtomobil 100 km tezlikka çiqişi uçun 7,9 soniya kifoya qiladi. 100 km masofaga benzin sarfi esa örtaça 3,9 litrni taşkil qiladi. 

Seal DM-i hajmi şunday: 4980 x 1890 x 1495 mm, ğildiraklar bazasi 2900 mm. Gibrid versiya Seal elektromobilidan 180 mm uzunroq, 15 mm enliroq, 35 mm balandroq. 

Avtomobil Qualcomm 7325 platformasi va DiLink 5.0 operatsion tizimi bilan jihozlangan. Sedan 15,6 dyuymli multimediani boşqariş ekraniga ega. Şuningdek, proyeksion displey ham örnatilgan. Ma’lumotlar paneli uçun 10,25 dyuymli ekran javob beradi. Audiotizim Dynaudio kompaniyasi tomonidan yaratilgan.