Iyul oylarida Erdöğan Rossiya-Ukraina örtasida tutgan muvozanatini buzib, Ukraina manfaatlari uçun uçta katta qadam taşlagan edi. Turkiya prezidenti Ukraina NATOga qöşilişini sözsiz qölladi; Şvetsiyani NATOga kirişi uçun öz vetosini olib, rozilik bildirdi; ötgan yil sentabrida esa uruş oxiriga qadar Turkiyada qolişi kerak bölgan «Azov» polki qömondonlarini Ukrainaga qaytargandi.
Putin nazarida, Erdöğan “kelişuvlarni buzib, ğarbga sotildi”. Keyingi yillarda şakllangan geosiyosiy tafakkurga köra, Putin va Erdöğanni birlaştiradigan muhim nuqta – köpqutbli geosiyosiy e’tiqod edi. Ya’ni dunyo köp qutbli bölişi kerak, Vaşingtonning muqobillari albatta bölişi kerak, kollektiv ğarbning global monopoliyasi barham topişi kerak...
Biroq, yaqinda bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan Erdöğan, iqtisodiy va boşqa manfaatlarni öylab, Bryussel va Vaşington tomon jiddiy yaqinlaşdi. Bu Moskvani, tabiiyki, qattiq norozi qildi.
Lekin Turkiya diplomatiyasi Rossiya bilan işlaşda davom etmoqda. Ötgan hafta Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Moskvada bölib, rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib bordi. Turkiya Rossiyani ğalla kelişuviga qaytarmoqçi. Rossiya ham Turkiya va ğarb davlatlariga özining ba’zi şartlarini qöygan.
Putin Turkiyaga kelişdan boş tortar ekan, Erdöğanning özi Soçiga borişga tayyor. Şu fonda, Ukraina özining mudofaa vazirini almaştirmoqda. Özbekistonda tuğilib, Ukrainaga köçib ketgan asli qrimtatar Rustam Umerov Zelenskiy tomonidan yangi mudofaa vaziri böliş uçun nomzod sifatida körsatilgan.
Endi Ukraina parlamenti tasdiqlasa, Umerov mudofa vaziri böladi. Bu bilan, Ukraina qrimtatarlarga alohida e’tibor bermoqda. Bu ayniqsa Turkiyaga jiddiy ta’sir qilişi kerak. Çunki Turkiyada qrimtatarlarini Qrim turklari deyişadi.
Turkiy şaxs Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlanişi, Turkiya, dunyo turkiylari, musulmon dunyosi tomonidan bu uruşga munosabatni ma’lum darajada özgartiradi. Bu eng avvalo Turkiyaga mujda hisoblanadi: “Rossiya bosqiniga qarşi turkiy/musulmon vazir boşiligida uruş olib bormoqdamiz, bizni yanada kuçliroq qöllab-quvvatlang!” deyişmoqçidek.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosiy tahlilçi














