Tadbirkorlik faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida «Oilaviy tadbirkorlik töğrisida»gi qonunga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritişni takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi işlab çiqildi.
Unga köra, yuridik şaxs taşkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan sub’yektlar beş nafargaça doimiy işçi bilan mehnat şartnomasi tuzişi va yollaşi mumkinligi belgilanmoqda. Ayni paytda amaldagi normaga köra, uç nafargaça doimiy işçi bilan mehnat şartnomasi tuziş va ularni yollaş mumkin.
Bundan taşqari, mazkur qonun loyihasi bilan amaldagi qonunçiligimizdagi bir oilaviy korxona iştirokçisi bir vaqtning özida boşqa oilaviy korxona iştirokçisi bölişi mumkin emasligi haqidagi çeklov çiqarib taşlanmoqda.
Loyihada közda tutilayotgan normalar oilaviy tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini yanada kengaytirişga, yangi iş örni yaratiş va aholi bandligini ta’minlaşga xizmat qilişi nazarda tutilgan.







