Özbekiston hukumati va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) örtasida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş maqsadida mamlakatning normativ-huquqiy bazasini takomillaştiriş sohasidagi hamkorlik böyiça bitim tuzildi.
Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda IFC Özbekiston hukumatiga bozorga çiqiş qoidalarini aniq belgilaydigan, xorijiy investorlar va ularning investitsiyalariga teng munosabatda bölişni ta’minlaydigan, investorlarga nizolarni hal qilişning xalqaro mexanizmlaridan foydalaniş imkoniyatini beradigan va faqat taşqi iqtisodiy va xususiy investitsiyalarga yönaltirilgan yangi investitsiya qonunçiligini tayyorlaşda yordam beradi.
IFC hukumatga maxsus iqtisodiy zonalarni yaratiş va ulardan foydalanişda xususiy sektor iştirokini ta’minlaydigan me’yoriy hujjatlarni amalga oşirişga yordam beradi hamda tegişli texnik-iqtisodiy asoslar hamda atrof-muhit va barqarorlik tahlili asosida joy tanlaşni ta’minlaydi. Amaldagi qoidalar hududlarni davlat tomonidan boşqarişni nazarda tutadi, bu esa xususiy sektor iştirokini çeklaydi va töğridan töğri xorijiy investitsiyalar oqimini töxtatadi.












