Qozoğiston parlamenti Majilisi yiğilişida «Qozoğiston hukumati va Özbekiston hukumati örtasida Qozoğiston-Özbekiston bojxona çegarasi orqali energiya resurslarini quvur yöli transporti va elektr liniyasi orqali ötkaziş jarayonida qöşma bojxona nazorati töğrisida»gi Bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun loyihasi körib çiqildi. Bitim 2021 yil 6 dekabr kuni Astana şahrida imzolangan. 

«Bitimning maqsadi - Qozoğiston-Özbekiston bojxona çegarasi orqali quvur yöli transporti va elektr uzatiş liniyalaridan olib ötiladigan energiya resurslarini nazorat qiliş samaradorligini oşirişdan iborat. Hujjat ikki davlatning bojxona çegarasi orqali quvur yöli transporti va elektr uzatiş liniyalari orqali olib ötiladigan energiya resurslari ustidan birgalikda bojxona nazoratini taşkil etişni nazarda tutadi», dedi Qozoğiston boş vaziri örinbosari, moliya vaziri Yerulan Jamaubayev. 

Uning sözlariga köra, kelişuv energiya resurslarini bojxona deklaratsiyasi va bojxona nazorati böyiça tajriba, bojxona işi sohasidagi davlatlarning milliy qonunçiligi talablari buzilişi töğrisidagi ma’lumotlar bilan almaşişni közda tutadi. 

«Mazkur bitimni ratifikatsiya qiliş mamlakat uçun salbiy ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi va respublika budjetidan qöşimça mablağ ajratişni talab qilmaydi», dedi vazir.