Özbekiston elçisi Said Rustamov Britaniyaning nufuzli ODI tahliliy markazida Afğoniston ayollari va qizlari böyiça Britaniya parlament guruhi tomonidan taşkil etilgan tadbirda iştirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Elçi öz nutqida yiğilganlarni Özbekistonning Afğoniston yönalişidagi muhim taşabbuslari va yondaşuvlari bilan taniştirdi. Afğonistonda mustahkam tinçlik örnatiş va ijtimoiy-iqtisodiy tiklaş borasida amalga oşirilayotgan sa’y-harakatlar, jumladan, ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Özbekistonning Afğoniston muvaqqat hokimiyat organlari tomonidan ilgari öz zimmalariga olgan xalqaro majburiyatlarni, şu jumladan, ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlaş sohasida amalga oşirişning samarali mexanizmlarini işlab çiqiş istagiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Özbekiston Kobul bilan konstruktiv muloqotni rivojlantiriş va uşbu mamlakat aholisiga yaxşi qöşniçilik yordamini körsatiş borasida xalqaro hamjamiyat bilan öz harakatlarini yaqindan muvofiqlaştirişi qayd etildi.








