Aleksey Navalniy tomonidan asos solingan Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasi («FBK») Latviya, Litva va Estoniya rasmiylarini Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarni olib kirişni taqiqlaş va çegarada rossiyaliklarning şaxsiy buyumlarini musodara qiliş haqidagi qarorni qayta körib çiqişga çaqirdi. 13 sentabr kuni «FBK» direktorlar kengaşi raisi Mariya Pevçix tomonidan uç davlatning vakolatli organlariga yuborilgan xat namunasi e’lon qilindi.
Maktubda, xususan, Boltiqböyi mamlakatlari kiritgan çoralar rejimning Rossiyani tark etişga majbur bölgan muxoliflariga zarar yetkazişi va sanksiyalar samarasini kamaytirişi aytiladi. Bundan taşqari, «FBK» bu çeklovlar sanksiyalar ğoyasini obrösizlantiradi va Rossiya propagandasi uçun yangi dalillar beradi, deb hisoblaydi.
Pevçixning sözlariga köra, maktubda «qonunga havolalar, qarama-qarşiliklarning huquqiy tahlili va kamsituvçi sanksiyalarni bekor qiliş imkoniyati asoslangan».
Sobol va Katsning murojaati
Rossiyalik muxolifatçi siyosatçilar Lyubov Sobol va Maksim Kats Yevropa rasmiylariga xuddi şunday murojaat bilan çiqdi.
Sobol Yevropa komissiyasi (YeK) rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelga yöllagan maktubida Yevropa rasmiylaridan yangi çeklovlar qanday işlaşini aniqlab berişni söradi. Uning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqining «qarama-qarşi va noaniq» formulalari Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşni moliyalaştiriş qobiliyatiga heç qanday ta’sir qilmaydi hamda Rossiya siyosiy elitasining manfaatlariga ta’sir qilmaydigan kundalik foydalanişni qamrab oladi.
Öz navbatida, Kats Yevropa Ittifoqining moliyaviy barqarorlik, moliyaviy xizmatlar va kapital bozorlari ittifoqi böyiça komissari Meyrid Makginnesga murojaat qildi hamda yangi çeklovlar sanksiyalarning asl ma’nosiga zid ekanini ta’kidladi, çunki ular nafaqat Rossiya elitasining vakillariga, balki barça rossiyaliklarga tegişli. Katsning sözlariga köra, şaxsiy transport rossiyaliklar uçun siyosiy ta’qib yoki safarbarlik holatlarida mamlakatni tezda tark etişning bir neça usullaridan biri bölib qolmoqda.
Yevropa komissiyasining tuşuntirişlari
8 sentabr kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyadan sanksiya qöyilgan tovarlar, jumladan, avtomobillar, şaxsiy kiyim-keçak va gigiyena vositalarini olib kiriş taqiqini qanday qöllaşi kerakligi haqida tuşuntirişlar berdi. YeK yuzaga kelgan rezonans fonida bojxona organlari avtomobillarga e’tibor qaratişi kerakligi, boşqa narsalarga, şu jumladan kiyim-keçaklarga nisbatan taqiq esa «mutanosib va oqilona» qöllanişi lozimligini aniqlaştirdi.








