RF Oliy sudi korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK)ning AQŞdagi yuridik şaxsi hisoblangan Anti-Corruption Foundation, Inc. (ACF) taşkilotini Rossiyada terroristik deb tan oliş va faoliyatini taqiqlaş haqidagi qarorni kuçda qoldirdi. Bu haqda payşanba, 12 fevral kuni “Interfaks” agentligi xabar berdi. Sudya qarorini agentlik muxbirlari quyidagiça keltirdi: “Qaror özgarişsiz qoldirilsin, apellyatsiya şikoyati qanoatlantirilmasin”. Yiğiliş eşituvçilar uçun yopiq tarzda ötgan.

Şu kuni, 12 fevralda, RF Oliy sudining uç nafar sudyasi yopiq majlisda FBKning Amerikadagi yuridik şaxsiga terroristik taşkilot maqomini beriş haqidagi qarorni kuçda qoldirganini X ijtimoiy tarmoğida FBKning yuridik bölimi rahbari Vyaçeslav Gimadi ham ma’lum qildi.

2025 yil noyabrida RF Oliy sudi RF Boş prokuraturasining ACF'ni terroristik taşkilot deb tan oliş va uni Rossiyada taqiqlaş haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirgan edi. Öşanda Rossiya Boş prokuraturasi öz talabini “Amerika fondining maqsad va harakatlari terrorizmni tarğib qiliş, oqlaş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan, uning manfaatlari yölida ekstremistik va terroristik yönalişdagi jinoyatlarni taşkil etiş, tayyorlaş va sodir etiş amalga oşiriladi”, degan da’vo bilan asoslagan.

Anti-Corruption Foundation Inc. yuridik şaxsi 2022 yil yozida taşkil etilgan — Rossiya sudi FBKni “ekstremistik” taşkilot deb tan olib, uning faoliyatini Rossiyada taqiqlaganidan keyin. 2022 yil dekabrida Anti-Corruption Foundation taşkiloti RF Adliya vazirligi tomonidan “çet el agentlari” reyestriga kiritilgan.