Rossiya Oliy sudi 27 noyabr kuni Boş prokuratura da’vosiga köra, Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK) - Anti-Corruption Foundation, Inc. (AQŞ) yuridik şaxsini «terrorçilik taşkiloti» deb e’lon qildi. Endi Aleksey Navalniy asos solgan taşkilot bilan boğliq har qanday faoliyat Rossiyada terrorçilik faoliyati sifatida baholanadi. Bundan taşqari, jinoiy modda böyiça ayblovni hatto taşkilotni qöllab-quvvatlaşga çaqirganlik uçun ham oliş mumkin böladi. Taşkilotga qilingan xayriyalar uçun 8 sakkiz yil örniga 15 yilgaça qamoq jazosi tahdid soladi.

Navalniyning safdoşlari faoliyatini davom ettirişga va’da berdi.

«Biz terrorçi emasmiz va buni hamma tuşunadi. Buni biz va tarafdorlarimiz yaxşi tuşunamiz. Bunday qarorlarni imzolayotganlar ham buni yaxşi tuşunadi. Terrorçilar Vladimir Putin va uning malaylari - uruşni boşlagan, tinç aholi va siyosiy raqiblarni öldirayotgan, odamlarni qamoqqa tiqayotganlardir. Biz işlaşda davom etamiz. Tergov qiliş, haqiqatni aytiş, siyosiy mahbuslarga yordam beriş - Rossiya ozod bölişi uçun qölimizdan kelganini qilamiz», deyiladi «Komanda Navalniy» Telegram-kanalida e’lon qilingan postda.

Navalniy jamoasi öz tarafdorlarini Rossiya hukumatidan qörqmaslikka va FBKni - ham ma’naviy, ham imkoniyat bölsa, moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga çaqirdi.

Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK, Fond borby s korrupsiyey) Rossiya elitasiga bağişlangan bir neçta şov-şuvli suriştiruvlarni e’lon qilgan. Xususan, 2021 yil yanvar oyida Gelenjik yaqinida Vladimir Putin uçun qurilayotgan saroy haqidagi film YouTube’da bir neça kun içida 75 milliondan ortiq marta körildi.

Rossiya Adliya vazirligi 2019 yil oktabr oyida FBKni «çet el agenti», deb tan olgan edi.