Davlat oliy ta’lim muassasalariaro öqişni imtihonsiz köçirişga faqat 2 holatda: talaba turmuş qurganda turmuş örtoğining doimiy yaşaş joyiga, talabaning ota-onasi yoki turmuş örtoğining iş joyi özgarganda öqişni köçirişga ruxsat beriladi. 

«Perevod» uçun minimal ball 1 yil oldingi ötiş ballidan ançayin past

Lekin imtihon asosida istalgan xorijiy va mamlakat içidagi xususiy OTMda öqiyotgan talabalar öqişini davlat OTMga köçiriş mumkin. Ular buning uçun ötiş ballini töplasa yetarli. Ötiş balli esa bir yil oldingi kiriş imtihonlaridagi ötiş balliga qaraganda ança pastroq. 

öqişni köçiriş uçun 2023 yilgi ötiş ballari

Masalan, 2022 yilda Toşkent tibbiyot akademiyasi «Davolaş işi» yönalişida ötiş balli 159,4 ball bölgan bölsa, bu yil öqişni köçiriş uçun soğliqni saqlaş sohasi yönalişlarida belgilangan minimal ötiş balli 129 ball etib belgilangan. 

Yoki ta’lim yönalişida ötiş balli 94 ball etib belgilangan, aksar ta’lim yönalişlarida esa ötiş ballari bundan ançayin baland böladi. Toşkent davlat pedagogika universitetining «Tarix» yönalişida ötiş balli 159,1 ball, özbek tili va adabiyoti yönalişida esa 125,7 ball bölgan. Ta’lim yönalişida ötiş balli 94 balldan pastroq bölgan yönalişlar ham bor, lekin talabgir yönalişlarda ball ançayin baland bölgan.

Şu minimal ballga ham yetolmaganlar

Ötiş balli ança past bölgani sabab bir yildan keyin xususiy yoki xorijiy OTMda öqib turib, öqişini köçiriş niyatida böladiganlar yetarliça böladi. Masalan, bu yil xorijiy va xususiy OTMdan davlat OTMga öqişni köçiriş uçun 54,2 ming kişi ariza topşirgan. Ularning 41,1 ming nafari Bilimlarni baholaş agentligi tomonidan ötkazilgan imtihonda qatnaşgan. 

Lekin testda iştirok etganlarning 89,2 foizi öqişni köçiriş uçun belgilangan minimal ballarni töplay olmagan. Faqat 4,3 ming nafar talabgor ötiş ballini töplab davlat OTMda öqiş imkoniga erişgan. Lekin 4,3 ming soni ham kiçkina raqam emas. Bu – davlat şunça şaxsning oliy ta’limda öqişi uçun şaroit qilib berişi kerakligini anglatadi. 

Öqişni köçiriş imtihonlari ham xuddi kiriş imtihonlari kabi şaffof imtihon tarzida ötkazilayotgani yaxşi, albatta. Lekin har ikkala holatda OTMga kiriş va öqişni köçirişdagi ballarda katta farq bölişi qançalik töğri? Ballar örtasida sezilarli farq bölişi bir yil oldin yuqori ball töplab davlat OTMga öqişga kirgan talabalarga nisbatan adolatsizlik bölmaydimi? Agar hammasi şu tartibda davom etsa, öqişga kirib bir yildan keyin köçiriş uçun talabgor böladiganlar soni oşib borişiga sabab bölmaydimi? 

Masalan, Bilim va malakalarni baholaş agentligi tahlillariga köra, ayrim xususiy universitetlardan mingdan oşiq talabgor öqişini davlat OTMga köçiriş uçun ariza bergan. 

Bundan taşqari, OTMda qança talabgor ötiş ballini töplab «perevod» qilişini, qança talabaga öqiş joyi ajratişlari kerakligini oldindan prognoz qiliş va ularga şaroit qiliş imkoni mavjudmi? 

OTMga kutilmagan tarzda yuk tuşmasligi va avvalroq talaba bölganlarga nisbatan adolatsizlik bölmasligi uçun bularni ham bir öylab köriş kerakdir balki. 

Zilola Ğaybullayeva