Bu bitimni Tojikiston va Turkmaniston nima uçun imzolamayotganini ularning özi ham bilmayapti, menimça. Xalqona aytadigan bölsak: qöli tortmayapti imzo qöyişga.
Çölponota bitimining matnini körib çiqsak, Tojikiston va Turkmaniston manfaatlariga zid narsa umuman yöq. Haddan taşqari realizmga berilib ketişgandek körinadi. Siyosatşunoslikda şunday tuşunça bor, ya’ni özining muhimligini börttirib körsatiş, milliy manfaatlarini himoya qilişga tayyordek körsatiş. Mana şunday tor tuşunilgan milliy manfaatlarga berilib ketiş noörin deb bilaman. Kuçli davlatlar bilan aloqalarda şunday tutiş töğri bölardi, lekin Markaziy Osiyo oilasi davrasida özini bunday tutiş yaraşmaydi. Balki keyingi uçraşuvda muvofiqlaştiriş işlari bölar.
Ertami-keçmi bu ikki davlat imzo qöyar. Lekin Markaziy Osiyo davlatlari bu bitim bilan çeklanmaydi. Bölayotgan taşabbuslar juda ham zalvorli. Rejalaştirilgan işlarda iştirok etişsa böldi, imzo qöymasa ham, amalda qilayotgan bölişadi.
Milliy koordinatorlar masalasi kötarildi. Yangilik böldi bu. Agar bunday tizim joriy qilinsa, işlar yaxşi ketadi. Koordinatorlar boşlanişi bölib, keyinçalik institutlaşgan organlarga yöl oçib berar.
Bir vaqtlar, ya’ni 90-yillarda olamşumul bitimlar qabul qilingan, bayonotlar berilgan edi aslida. Abadiy döstlik töğrisida deklaratsiyalar imzolangan hatto, bunday daraja berilgan bitim jahon amaliyotida bölmagan. Özi şundan boşqa bitim şart ham emas, çunki oliy darajadagi bitim u. Umuman, jozibador bitim va şartnomalar oldin ham bölgan.
Özbekiston va Turkmaniston strategik şerikka aylanib bölgan. 2017 yilda prezidentimiz taşrif buyurganda bitim imzolangan. Biz uçun barça qöşni davlatlar strategik şerik maqomida va şunday hujjat imzolangan. Strategik şeriklik bitimi yuqori darajadagi işonçni bildiradi va uzoq muddatli böladi. Tojikiston va Turkmaniston Çölponota bitimiga imzo qöymagani bilan uzoqqa ketib qolgani yöq, amalda işlar bölsa böldi.
Farhod Tolipov,
siyosatşunos
Yuqoridagi fikrlar Farhod Tolipovning Kun.uz saytiga bergan intervyusidan olingan.












