Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Çust tumanida boğça bolalari zaharlangani va tuman tibbiyot birlaşmasiga yuzga yaqin bola olib kelingani haqida xabarlar tarqaldi.
Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgan. Dastlabki şikoyat böyiça 5 nafar bola şifoxonaga olib kelingan. Keyinçalik jami 71 nafar bolaning soğligidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Boş prokuratura xabariga köra, hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
Tekşiriş davomida voyaga yetmagan bolalarning zaharlanişi sabablari aniqlanişi va bu haqida qöşimça ravişda xabar qilinişi aytilgan.
“Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaharlangani hali noma’lum bölganligi sababli jamoatçilikdan notöğri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarni sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, tekşiriş jarayoni nazoratga olingan.
“Çust tumanida favqulodda holat e’lon qilingani haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi”, deyilgan mahkama bayonotida.
Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxşilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.









