Joriy yil iyul oyida erişilgan va AQŞ kompaniyalariga Saudiyaga fuqarolik yadro texnologiyalarini eksport qiliş imkonini beradigan kelişuv duşanba kuni Kongressga yuborilgan. Bu haqda öz şaxsi sir qolişini istagan AQŞ rasmiysi Reutersʼga maʼlum qildi.
30 yillik yadroviy kelişuv AP1000 reaktorlarini qurişni nazarda tutadi. Önlab milliard dollarlik uşbu loyiha Kanada şirkatlari hamkorlikda egalik qiladigan Westinghouse kompaniyasiga foyda keltiradi.
Naşrning Kongressdagi ikkita manbasi ham kelişuv Kongress yetakçilariga yuborilgani hamda çorşanba kuni tegişli qömitalarga topşirilişi kutilayotganini aytgan. Agar Kongress 90 sessiya kuni içida kelişuvga eʼtiroz bildirmasa, u kuçga kiradi.
Agar Kongress kelişuvni rad etsa, Tramp bu qarorga veto qöyişi mumkin. Buni bekor qiliş uçun esa Kongressda uçdan ikki qism köpçilik ovoz talab qilinadi.
Trampning şarti
«Prezidentning pozitsiyasi özgarmadi, kelişuv faqat Saudiya Arabistoni “Ibrohim kelişuvlari“ga qöşilgan taqdirdagina amalga oşiriladi», degan AQŞ rasmiysi.
Bu bitim Isroil va arab-musulmon davlatlar örtasida munosabatlarni normallaştiriş böyiça AQŞ vositaçiligida tuzilgan kelişuv hisoblanadi. 2020 va 2021-yillarda erişilgan uşbu kelişuvlar Isroil va BAA, Bahrayn, Marokaş hamda Sudan örtasida imzolangan.
Iyul oyida Tramp Saudiya yadroviy kelişuviga rozilik berganidan bir neça kun ötib Isroil munosabatlarni normallaştirişni - uning kuçga kirişi uçun asosiy şart qilib belgilagandi. Saudiya Arabistoni Isroilni tan olişdan oldin Falastin davlatini barpo etişni talab qilmoqda.
Diplomatlar Ar-Riyod 2023-yilda Isroil bilan munosabatlarni normallaştirişga juda yaqin kelgan deb hisoblaydi. Ammo, 2023-yil oktabrida Isroilning Ğazoda boşlagan genotsid uruşi vaziyatni özgartirib yubordi.
Saudiya Arabistonining Vaşingtondagi elçixonasi uşbu xabarlarga izoh bermagan.

















