Qozoğiston Senati yalpi majlisida «Qozoğiston Hukumati va Özbekiston Hukumati örtasida energiya resurslarini Qozoğiston-Özbekiston bojxona çegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatiş liniyalari orqali ötkazişda qöşma bojxona nazorati töğrisidagi Bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun tasdiqlandi. 

Şartnoma 2021 yil 6 dekabrda Ostona şahrida Özbekiston prezidentining taşrifi çoğida imzolangan edi. Hujjat doirasida Qozoğiston-Özbekiston bojxona çegarasi orqali energiya zaxiralarini ötkazişda yagona bojxona nazorati qoidalari taklif etilgan. 

Bitimdan közlangan maqsad ikki davlatning bojxona çegarasi orqali quvurlar va elektr uzatiş liniyalari orqali ötkazilayotgan energiya resurslari ustidan nazorat samaradorligini oşirişdan iborat. 

Bitimni ratifikatsiya qiliş Qozoğiston-Özbekiston bojxona çegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatiş liniyalari orqali olib ötiladigan energiya resurslariga nisbatan bojxona va tariflarni tartibga soliş çoralariga rioya etilişini ta’minlaş, şuningdek, bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilingan ma’lumotlarning töğriligini ta’minlaş imkonini beradi.