Hukumat qarori bilan “Kollej va texnikumlarda quriliş, transport, kommunal, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalaridagi kasb (mutaxassislik) böyiça ta’lim olayotgan xotin-qizlarning töliq davlat granti asosida ta’lim oliş tartibi töğrisida”gi nizom qabul qilindi.
Kollej va texnikumlarga öqişga qabul qilingan xotin-qizlar uçun talab etiladigan davlat granti mablağlari respublika budjetidan budjet mablağlarini taqsimlovçi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bölgan tegişli vazirlik va idoralarga ajratiladi.
Kollej va texnikumlarga tegişli yönalişlar böyiça tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilingan xotin-qizlar öquv yilining 10 oktyabriga qadar uşbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida öqiş uçun ariza bilan murojaat qiladi.
Arizalar taalluqliligi böyiça kollej va texnikumlar tomonidan 3 iş kunida körib çiqiladi hamda umumlaştirilgan holda, hududlardagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boşqarmalariga taqdim etiladi.
Hududiy bölinmalar har yili 15 oktyabrgaça umumlaştirilgan ma’lumotlarni körib çiqadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Vazirlik har yili 20 oktyabrgaça umumlaştirilgan ma’lumotlar asosida davlat granti asosida öqiş uçun ariza bilan murojaat qilgan xotin-qizlar röyxatini taalluqliligi böyiça tizimida kollej va texnikumlar bölgan vazirlik va idoralarga taqdim etadi.
Vazirlik va idoralar mazkur röyxat asosida xotin-qizlarning davlat granti asosida ta’lim olişlari uçun zarur mablağ ajratiş yuzasidan har yili 25 oktyabrgaça Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 iş kuni içida tegişli mablağlarni mazkur vazirlik va idoralarga ajratadi.
Kollej va texnikumlar direktorlari 2023/2024 öquv yilidan davlat granti asosida ta’lim oladigan xotin-qizlar uçun Davlat budjetidan ajratiladigan mablağlarning maqsadli va samarali sarflanişi uçun şaxsan javobgar hisoblanadi.












