O‘zbekiston | 13:00 / 04.10.2023
6346
4 daqiqa o‘qiladi

“ICT Week Uzbekistan - 2023” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi oldidan

Joriy yilning 24–27 oktyabr kunlari yilning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan “ICT Week Uzbekistan - 2023” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.  

3 oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida AKT vazirligi va IT-Park mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘rta Osiyoning yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir Toshkent shahrining 3 ta asosiy manzilida:

“CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan)” ko‘p funksiyali ko‘rgazma markazi;

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-Park Uzbekistan majmuasi;

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadi.

2004 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan haftalikda bir qator yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarining yangi texnologik yechimlarini taqdim etishi kutilmoqda.

Haftalik doirasida:

Yangi loyihalarni ishlab chiqish hamda yangi imkoniyatlarni namoyish etishga qaratilgan Start-up cammiti;

“ICT Expo Uzbekistan-2023” ko‘rgazmasining ochilish marosimi;

IT sohasida ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga bag‘ishlangan “Empowering Women in IT: Leading the Digital Revolution” (Ayollarning IT sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish: raqamli inqilobga rahbarlik qilish) cammiti;

O‘zbekistonning raqamli kelajagini o‘zgartirish bo‘yicha O‘zbekistonda autsorsing- BPO forumi;

IT ta’lim forumi;

Central Asian “IPv6 Enhanced” sammiti;

Jahon Bankining “O‘zbekistonda elektron tijorat bozorida qanday muvaffaqiyatga erishish mumkin?” mavzusidagi forumi;

Sun’iy intellektning kelajagi va global hayotga integratsiyalashuvi mavzusidagi sammit;

O‘zbekistonning IT sektorida investitsiyalar va davlat-xususiy sherikligi uchun yaratilgan imkoniyatlar va shu kabi boshqa yirik forumlar bo‘lib o‘tishi belgilangan.

“Haftalikning muhim tadbirlaridan biri – IT sohasida ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga bag‘ishlangan “Empowering Women in IT: Leading the Digital Revolution” sammiti hisoblanadi. Unda qo‘shni davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan ekspertlar, mutaxassislar hamda ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan xotin-qizlar qatnashadi.

IT sohasida ayollarning ishtirokiga alohida e’tibor qaratayotganimizning sababi – ularni yanada ko‘proq jalb qilish. Bundan 3 yil avval maktab bitiruvchilari orasida o‘tkazilgan tadqiqotda 0,9% qizlar bu sohaga qiziqishini aytgan edi. Oxirgi marta yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda esa bu 10 barobarga oshgan. Ya’ni bitiruvchi qizlarning 10 foizi IT sohasini o‘rganmoqchi ekanini aytishgan.

Sammitda qizlar uchun yangi loyihalar haqida ma’lumot beriladi”, - dedi raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov.

Jami 5000 kvm maydonda tashkil etilayotgan “ICT Expo - 2023” ko‘rgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy IT kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, 100 ga yaqin yirik xorijiy kompaniyalar: – lug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, Innotech, Yandex va IT Park rezidentlari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy yirik kompaniyalar – Uzbektelecom, UZINFOCOM, UNICON kompaniyalarining yangi innovatsion dasturiy mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma’lumot olish uchun asosiy elektron resurslar:

Veb-sayt: https://ictweek.uz/uz

Instagram:https://instagram.com/ictweek_uzbekistan_2023?igshid=MzMyNGUyNmU2YQ==

Facebook: https://www.facebook.com/ictweekuzb2023