Termiz şahrida transport vazirining birinçi örinbosari Mamanbiy Omarov rahbarligida Afğoniston transport va aviatsiya vazirligi vakillari iştirokida ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi.

Muloqot çoğida Özbekiston va Afğoniston örtasida avtomobil transportida xalqaro yuk taşuvlarini yanada rivojlantiriş, milliy taşuvçilar uçun qulay va teng şaroitlar yaratiş, Afğoniston hududida Özbekiston taşuvçilaridan undirilayotgan yiğimlarni maqbullaştiriş, yiğimlarni özaro manfaat va tenglik tamoyillari asosida belgilaş bilan boğliq masalalar muhokama etildi.

Uçraşuv davomida Özbekiston va Afğoniston milliy taşuvçilarining taklif hamda murojaatlari tinglandi.
Ularni uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş yuzasidan amaliy çoralarni köriş böyiça özaro kelişuvga erişildi.












