Janglar vaqtincha to‘xtagan bir paytda, Eron yetakchilari – prezident Trampga qaraganda qiyinchiliklarga ko‘proq bardosh bera olishiga ishonmoqda. Tramp esa Eron bilan yangi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo bu safar nimaga erishmoqchi ekani noma’lum.

AQSh bilan qayta avj olgan deyarli ikki haftalik janglardan so‘ng, so‘nggi bir necha kun davomida Eron osmoni portlash va havo zarbalari ovozidan xoli bo‘ldi. Ammo Eron rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmagani va amerikaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishga shoshilmayotganini bildirdi.

Ozodi maydonida namoyish qilinayotgan Eron ballistik raketalari. Foto: AFP / Getty Images

New York Times'ga ko‘ra, bugunga kelib Eron rasmiylari o‘zlarining ustun pozitsiyada ekanliklarini ta’kidlamoqda. Harbiy mulozimlar jang maydonidagi muvaffaqiyatlari bilan maqtanayotgan bo‘lsa, diplomatlar AQShning «Eron muzokaralarga qaytishga oshiqmoqda» degan da’volarini rad etdi.

Janglarning to‘xtashi va bayonotlar

Urush davomida Eron ustidan nazoratini mustahkamlagan kuch - Islom inqilobi muhofizlari korpusining sobiq voizi Ramazon Sharif yakshanba kuni «Eronning dushmani har bir qadamda strategik mag‘lubiyatga uchradi», dedi.

Eronlik diplomatlar esa janglarning to‘xtashiga bosiqlik bilan munosabat bildirdi, ammo murosaga tayyor ekanligini deyarli namoyon etmadi.

«Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan holatni o‘t ochishni to‘xtatish deb ta’riflab bo‘lmaydi», dedi Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘oiy.

2026-07-29 09.44.48
Ismoil Bag‘oiy

Bag‘oiy Amerikaning Eronga qarshi urushini