Poytaxt Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi xodimlari Şota Rustaveli köçasida quriliş işlari davomida oqova suv quvuriga şikast yetkazilgani hamda oqova suvning Salor kanaliga sizib çiqayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatni örgandi.
Örganiş davomida Yakkasaroy tumani Şota Rustaveli köçasida «B.B.» MÇJ tomonidan köpqavatli turar joy binosini quriş davomida şahar oqova suv tarmoğiga tegişli quvurga şikast yetkazilganligi, natijada quvurning ma’lum qismi öpirilib tuşganligi aniqlandi.
Töplanib qolgan suyuq çiqindilar esa tuman hududidan oqib ötuvçi Salor kanaliga heç qanday tozalaş işlarini olib bormasdan, maxsus nasoslar yordamida töğridan-töğri taşlangan.
Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasining tahliliy laboratoriya bölimi tomonidan çiqindilardan olingan namunalarda neft mahsuloti qoldiqlari belgilangan me’yordan 5,02 marta, azot ammoniy 43,5 marta, XPK 4,9 marta, muallaq moddalar esa 13,6 marta yuqori ekanligi ma’lum böldi.
Şuningdek, suyuq çiqindilar töplangan tuproq namunalarining tarkibida neft mahsuloti qoldiqlari 2,6 dan 11,4 mg/kg gaça ekanligi aniqlandi.
Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga köra, 63 936 metr kub hajmdagi suyuq çiqindilar kanalga heç qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravişda çiqarib taşlangan. Buning natijasida “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonun19-moddasi, “Suv kodeksi”ning 23, 117, 153-moddalari talablari qöpol ravişda buzilgan. Natijada 2 mlrd 160 mln 13 ming 824 söm kompensatsiya tölovi hisoblangan.
Bundan taşqari, MÇJ tomonidan oqova suv tarmoğiga şikast yetkazilganlik holati natijasida töplanib qolgan suyuq çiqindilar taşlanişi oqibatida yer relefidagi tuproq ifloslantirilgan.
Tahlil natijalariga köra, neft mahsuloti qoldiqlari belgilangan konsentratsiya miqdoridan örtaça 5,2 marta yuqorini taşkil etgan. Holat yuzasidan 60 mln 27 ming 81 söm kompensatsiya tölovi hisoblandi. «B.B.» MÇJ jami 2 mlrd 220 mln 40 ming 905 söm kompensatsiya tölaydigan böldi.

















