28 iyul kuni Saudiya Arabistoni o‘zining havo hujumidan mudofaa tizimlari qirollikdagi neft ob’yektlarini nishonga olgan o‘nlab dronlarni yo‘q qilganini ma’lum qilgandi. Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi hujumlarni «Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi jangarilar Iroq hududidan amalga oshirgan», deb bayonot berdi.

Kunning ikkinchi yarmida AQSh Markaziy qo‘mondonligi va Saudiya qiruvchi samolyotlari bilan bir nechta qurol-yarog‘ omborlari va logistika ob’yektlariga yuqori aniqlikdagi zarbalar berganini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligiga ko‘ra, hujum qilingan ob’yekt Iroq sharqida joylashgan bo‘lib, Eron tomonidan dron hujumlarini boshqarish uchun foydalanilgan.

2026-07-29 17.44.54
Iroqda qutqaruvchilar ishlamoqda / Foto: AFP

AQSh harbiylari Erondagi Muhofizlar korpusini AQSh qo‘shinlari va Saudiya energetika infratuzilmasiga qilingan hujumlarni boshqarganlikda aybladi.

Avvalroq Centcom AQSh kuchlariga qarata uchirilgan bir nechta ballistik raketalarni o‘z ichiga olgan Eronning «kutilmagan hujum»ini barbod qilganini aytgandi. AQSh nashrlariga ko‘ra, raketalar Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasi tomon yo‘naltirilgan bo‘lgan.

Iroqda qurbonlar bor. Eron Iordaniyaga hujum qildi

Iroqning Xalq safarbarlik kuchlari AQSh va Saudiya Arabistoni ularning Basradagi bosh qarorgohiga zarba berganini tasdiqladi.

Anadolu nashrining guruhga tayanib yozishicha, hujumlarda kamida 20 kishi halok bo‘lgan va yana 32 kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, Xalq safarbarlik kuchlarining bir qator bino-inshootlariga zarar yetgan.

Foto: Reuters