Qarorga köra, suv xöjaligi vazirligi tizimidagi suv yöqotilişi yuqori bölgan 389 km kanallar rekonstruksiya qilinadi va betonlaştiriladi.
Bunda yiliga örtaça 206 mln metr kub suv resurslari hamda 26 mln kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi, suğoriladigan 158,4 ming gektar yerlarning suv ta’minoti yaxşilanadi hamda suv tanqisligi şaroitida suv resurslaridan oqilona foydalaniş çoralari köriladi.
Suv resurslaridan oqilona foydalaniş va joriy yilda kutilayotgan suv tanqisligining oldini oliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar uçun respublika budjetining 2026 yil 1 çorak yakuni böyiça daromadlar prognozining oşirib bajarilgan qismi hisobidan 600 mlrd söm mablağ ajratiladi.
Joriy yilda kanallar va suğoriş tarmoqlarini betonlaştiriş işlari uçun 480 mlrd söm va suv tanqisligining oldini oliş bilan boğliq çora-tadbirlar uçun 120 mlrd söm yönaltiriladi.








